06.06.2025

285

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda butun musulmon olamida bo‘lgani kabi mustaqil Vatanimiz va xalqimiz ham muborak Qurbon hayitining ezgu amallari bilan yashamoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muqaddas ayyom bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilmoqda. Bunday yuksak e’tibor Qurbon hayiti kunlarida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar – ahillik, hamjihatlik, mehr-saxovat, sabru qanoat, axloq-odob, ilmu ma’rifat fazilatlari jamiyatimizda tobora keng va mustahkam qaror topib bormoqda.

 

Ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan insonlarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayzu tarovatini yanada oshiradi. Muqaddas kitoblarimizda marhamat qilinganidek, bu foniy dunyoda insondan qoladigan eng savobli amal – yaxshilikdir.

 

Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin! 

 

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur