1954-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - davolash ishi, tibbiyot fanlari doktori, professor. 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi, 2020-yil 20-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Zayniddin Nizamxodjayev 2014-yil “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
2021-yil 5-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi lavozimiga saylangan.
1972-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 1998-yilda Vashington huquq kollejini (AQSH), 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – huquqshunos, iqtisodchi.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Yuridik xizmati rahbari, 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi, 2020-yil 25-maydan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
B. Kuchkarov 2002-yilda “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
2021-yil 5-fevraldan Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
1971-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi huquqshunos. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor. 2005-2012 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 2012-2017 yillarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i. 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining direktori. 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib, 2019-yil 19-sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, Kotibiyat rahbari etib saylangan.
1984-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit. Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining Byudjet qonunchiligi buzilishi holatlarini nazorat va profilaktika qilish yig‘ma-tahlil boshqarmasi Byudjet qonunchiligi buzilish holatlarini tahlil qilish va profilaktikasini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.
1960 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - jurnalist. Toshkent viloyati «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Mahalla» jamoat fondi rahbari, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi lavozimlarida ishlagan.
Suyarjon Kurbankulov “Shuhrat” medali , “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
2014 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. 2015 - yil 3 - fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi, 2019 - yil 19 - sentabrdan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
1959 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010 - yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan, adliya katta maslahatchisi maxsus darajali unvonga ega. Gyulnoza Raximova 2013 - yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining a’zosi. 2018 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4 - maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019 - yil 23 - iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
1965 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon paxtachilik institutini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi-muhandis-mexanik. Andijon viloyati hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutaxassisi vazifasida mehnat qilgan. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi etib saylangan.
1957-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - matematika o‘qituvchisi. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.
1955-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universiteti, Toshkent teatr-rassomchilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi filolog, san’atshunos. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.
1963-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - umumtexnika fanlari va fizika o‘qituvchisi. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dosent. 2020-yil 14-fevraldan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1958-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent politexnika institutini tamomlagan, mutaxassisligi - muhandis-mexanik. 2004-2021 2-oktabrdan Navoiy viloyati saylov komissiyasi raisi, 2014-2020 yillarda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yil 8-oktabrdan pensiyada.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1980-yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat yuridik institutini, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ikkinchi mutaxassislik sifatida tamomlagan. Mutaxassisligi-huquqshunos-iqtisodchi. Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.
1978-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Namangan davlat universitetining bakalavr hamda 2002-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi-tarixchi. Tarix fanlari nomzodi. Hozirgi kunda Namangan davlat universiteti Tarix kafedrasi dotsenti. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.
1962-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - vrach-terapevt. 2013-yil 15-fevraldan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Muyassar Kadirova “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1970-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi-shifokor. 2015-yildan buyon Buxoro viloyati tibbiy diagnostika markazi direktori lavozimida mehnat qilmoqda. 2019-yil 24-avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan.
1961 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi - filolog, fors va ingliz tillari va adabiyoti. Filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori lavozimida ishlaydi. 2014 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1968 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mutaxassisligi - muhandis-mexanik-texnolog. 2016 - yil 29 - sentabrdan Jizzax politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1958 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Qozog‘iston Respublikasi Jambul gidromeliorativ qurilish institutini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mutaxassisligi - quruvchi-muhandis. 2020 - yil 3 - maydan
“O‘zelektroapparat” AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
1997 - yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni, 2004 - yil “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni, 2011 - yil
Aleksandr Farmanov “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1974 - yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi jurnalist. Siyosiy fanlar nomzodi. Hozirgi kunda Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti rektori, Xalqaro Press-klub nodavlat-notijorat tashkiloti raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.
1958 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis-quruvchi. 2020 - yil 3 - maydan Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Ergash Yusupov 1999 - yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
2021 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi etib saylangan.
1971 - yilda tug‘ilgan, oliy ma'lumotli - Tojikiston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisiligi-huquqshunos. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining yuridik bo‘limi mudiri lavozimida mehnat qilmoqda. 2019 - yil 24 - avgustdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a'zosi etib saylangan.