27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI-2025

27.06.2025

159

msk_yangiliklari_in

Bugun mamlakatimizda  27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha muhim qoida va tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgani, sohaga doir huquqiy asoslar tobora takomillashtirib borilayotgani bu qutlug‘ bayramga alohida ruh va mazmun bag‘ishlamoqda.

 

Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar jarayonida o‘z ishining ustasi bo‘lgan  zahmatkash jurnalist va blogerlar, noshir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barcha texnik xodimlarning mashaqqatli mehnati yuksak qadr topmoqda. Davlatimiz rahbarining farmoniga binoan bayram munosabati bilan ushbu kasb egalaridan bir guruhining yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangani buning yorqin tasdig‘idir. 

 

Shu munosabat bilan mamlakatimiz milliy saylov tizimida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni, saylov va referendumlarni keng va xolis yoritishda avvalo saylovchilarga hamda saylov  komissiyalariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini, yurtimizdagi barcha ijod ahlini ushbu ajoyib bayram bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Ularning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati va ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘zlariga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omadlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur