Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

  • s O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida saylov uchastkalari tashkil etiladimi?

    j

    O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 22-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori talablariga muvofiq tashkil etiladi.

  • s Saylov kuni 18 yoshga to'ladigan fuqaro saylovda ishtirok eta oladimi ?

    j

    O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 4-moddasi talabiga ko‘ra, saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

  • s Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldira olmaydigan shaxs nima qiladi?

    j

    O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 55-moddasi talabiga ko‘ra, saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.

  • s Nomzodning yaqin qarindoshlari saylov komissiyalarining a’zosi bo‘lishi mumkinmi ?

    j

    O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 25-moddasi talabiga ko‘ra, boshqa saylov komissiyalarining a’zolari, siyosiy partiyalarning a’zolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita bo‘ysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin yemas.

  • s Uchastka saylov komissiyasi saylovchilardan pasport ma’lumotlarini olishga haqqi bormi?

    j

    O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 27-28-moddalari talabiga ko‘ra saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar ro‘yxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manziliga oid ma’lumotlar kiritilishi belgilangan.

  • s Taklifnoma berilmagan bo‘lsa ham saylovda qatnashish mumkinmi ?

    j

    Taklifnomani berilmaganligi fuqarolarning saylovda qatnashish huquqlarini cheklamaydi.

  • s Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibiga haq to‘lanadimi?

    j

    Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq holda to‘lanadi.

  • s Hozirgi kungacha barcha rejalashtirilgan xorijiy OAVlar akkreditatsiyadan o‘tdimi?

    j

    Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Saylovni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazishda OAVlar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lib, akkreditatsiya bo‘yicha tartib taomillariga rioya qilib, murojaat qilayotgan OAV vakillari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda.

     

    Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAVlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish reja asosida emas, balki qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi.

  • s Saylov kuniga yaqin jazo muddatini o‘tab bo‘lgan fuqaro saylovda ishtirok eta oladimi?

    j

    Ha, ishtirok etadi. ma’lumot uchun: og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi.

     

    Agar ro‘yxatda yo‘q bo‘lsa fuqaroning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro‘yxatiga kiritish orqali ovoz berish huquqi ta’minlanadi.

  • s Xalqaro kuzatuvchilar ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etmaslik holatlari ham bo‘lishi mumkinmi?

    j

    Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etish kuzatuvchilarning huquqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur huquqdan foydalanish yoki foydalanmaslik masalasi ular tomonidan mustaqil hal etiladi.

  • s Xalqaro kuzatuvchilarning ovoz berish jarayoniga oid shikoyati qay tartibda yoki kim tomonidan ko‘rib chiqiladi?

    j

    Saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, kuzatuvchi o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilishi, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berishi mumkin.

     

    Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish hamda ovozlarni sanab chiqish chog‘ida kelib tushgan shikoyatlarni (arizalarni) ko‘rib chiqadi. Ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya faoliyati bo‘yicha e’tirozlar, shikoyatlar bor-yo‘qligini aniqlaydi, komissiyaga kelib tushgan e’tiroz, shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.

     

    Kuzatuvchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin besh kun ichida ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin.

  • s Bu yilgi saylov byulleteniga qo‘shimchalar kiritildimi?

    j

    Saylov byulleteniga qo‘shimchalar kiritilmadi. Biroq, saylov byulleteniga nomzodning egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va ish joyini kiritish talabi Saylov kodeksidan chiqarib tashlandi.