№1472  Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi raisi o‘rinbosarining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1472                                              2026-yil 28-iyul

 

 

Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi raisi o‘rinbosarining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi raisi o‘rinbosari F.Nigmanovning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi raisi o‘rinbosari Nigmanov Fatxulla Ubaydullayevichning vakolatlari 2026-yilning 28-iyul sanasidan tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hamda Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev