O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1471 2026-yil 24-iyul
Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi A.Buriboyevning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Buriboyev Azizbek Baxronovichning vakolatlari 2026-yilning 24-iyul sanasidan tugatilgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga hamda Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev