O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1466 2026-yil 15-iyun
Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 19 va 25-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Qodirov Diyorbek Baxromovich Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi etib tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga hamda Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev