O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1463 2026-yil 25-fevral
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi M.X. Raxmankulovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida” 2024-yil 14 noyabrdagi PF–187-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlangan Raxmankulov Mir-Akbar Xodji - Akbarovich vafot etganligi munosabati bilan uning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.
2. Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev