O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1450 2025-yil 17-oktabr
Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ayrim a’zolari vakolatlarini tugatish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek xalq deputatlari Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarining ilovaga muvofiq ayrim a’zolari vakolatlari tugatilsin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Andijon, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahar Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev