№1447 Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan N. Lutfullayevani deputat etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1447                                                 2025-yil 16-sentabr

 

 

Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan N. Lutfullayevani deputat etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 742, 73, 961-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan Lutfullayeva Nigora Xabibullayevna deputat etib ro‘yxatga olinsin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ro‘yxatga olingan deputatiga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishoni berilsin.

 

4. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev