№1439 Toshkent va Buxoro viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining doimiy asosda ishlovchi kotiblarining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1439                                                  2025-yil 8-may

 

 

Toshkent va Buxoro viloyatlari hududiy saylov komissiyalarining doimiy asosda ishlovchi kotiblarining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi X.Odilov va Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi S.Amonovning o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida bergan arizalariga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Odilov Xayotjon Obbos ug‘lining vakolatlari 2025-yilning 2-may sanasidan hamda Buxoro viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Amonov Sardor Xayrulloyevichning vakolatlari 16-may sanasidan tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent va Buxoro viloyatlari Kengashlariga hamda tegishli hududiy saylov komissiyalariga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev