1959 - yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli - Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi - huquqshunos. Ko‘p yillar mobaynida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda, 2010 - yildan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan, adliya katta maslahatchisi maxsus darajali unvonga ega.
Gyulnoza Raximova 2013 - yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining a’zosi.
2018 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zosi etib saylangan. Shu yil 4 - maydan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari, 2019 - yil 23 - iyuldan Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
1983-yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli – 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2005-yil Toshkent davlat yuridik institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi yurisprudensiya, huquqshunoslik.
2015-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2019-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi etib saylangan.