31.12.2025

137

msk_yangiliklari_in

Aziz vatandoshlar!
Muhtaram saylovchilar!

 

Sizlarni kirib kelgan Yangi 2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili bayrami bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.

 

Xalqimiz yuksak muvaffaqiyatlar bilan yakunlayotgan yilda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar samarasida jonajon O‘zbekistonimizning qudrati va nufuzi har tomonlama yanada yuksaldi.

 

Avvalo, Vatanimizdan tinchlik-osoyishtalik, ahil-inoqlik va farovonlik, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayz-u baraka, quvonch arimasin! Yangi yilda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va omadlar tilashdan mamnunmiz!

 

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi jamoasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur