Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni muborak ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yillik shonli bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.
Xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
Inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan ustuvor tamoyillarni hayotimizga izchil tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda.
Endilikda har bir fuqaro shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini, o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyamizdan ayricha tasavvur etolmaydi. Zero, Konstitutsiyamiz barcha sohalarda xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan izchil islohotlarda huquqiy asos, muhim omildir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi jamoasi milliy Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun – 8-dekabr bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada farovon bo‘laversin!
O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi