Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

E'LON: MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING MAJLISI BO'LIB O'TADI

15.03.2023

18954

msk_yangiliklari_in

2023-yil 16-mart kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar, shu jumladan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash, referendum okruglarini tuzish va boshqa masalalar o‘rin olgan. 

Mazkur majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali hamda YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu majlis “O‘zbekiston-24” hamda “UzReport” telekanallari orqali jonli efirda uzatib boriladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur