27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

27.06.2026

169

msk_yangiliklari_in

Bugun mamlakatimizda  27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar beqiyos shiddat bilan o‘zgarayotgan hozirgi o‘ta murakkab va notinch dunyoda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va ta’siri har qachongidan ham kuchli ahamiyat kasb etayotganini hammamiz sezib-anglab turibmiz.



Yangi O‘zbekistonni barpo etishga yo‘naltirilgan tarixiy ishlarga o‘z iste’dodi, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan ommaviy axborot vositalari  xodimlarining zahmatli mehnati munosib qadr topmoqda. Har yili ushbu kasb egalaridan bir guruhining yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgani buning yorqin tasdig‘idir.



Mamlakatimiz milliy saylov tizimida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni, saylov va referendumlarni keng va xolis yoritishda avvalo saylovchilarga hamda saylov  komissiyalariga kamarbasta bo‘lib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini, yurtimizdagi barcha ijod ahlini ushbu ajoyib bayram bilan samimiy tabriklaymiz.



Ularning el-yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati va ijodiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, o‘zlariga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omadlar tilaymiz.



O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur