Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

partiyalar

2018 yil 14 noyabrda O‘zbekistonda Ekologik partiya tashkil etish tashabbuskorlari yig‘ilishida Tashkiliy qo‘mita tuzildi.

Eko-partiya tuzish bo‘yicha chora-tadbirlar "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi. Qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro hamkorlik, jamoatchilik ekologik nazorati va ekologik muammolarni hal qilish amaliyotida 2008 yildan buyon faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Ekologik harakatining tajribasini saqlab qolish va yangi siyosiy kuchga o‘tkazishga qaror qilindi.

2018 yil 1-17 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasining ta’sis qurultoyiga delegatlar saylash bo‘yicha konferentsiyalar bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 8 yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Ekologik partiyasining Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi, partiyaning Dasturi, Ustavi va ramzlari tasdiqlandi va uning boshqaruv organlari saylandi.

2019 yil 22 yanvarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.

27 fevral - 4 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Ekologik partiyasi hududiy partiya tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha konferentsiyalar bo‘lib o‘tdi.

May-iyul oylarida viloyat va shahar konferentsiyalarida O‘zbekiston Ekologik partiyasining viloyat va shahar partiya tashkilotlari tuzildi.

2021 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, Partiya 14 ta hududiy va 206 ga yaqin tuman va shahar partiya tashkilotlaridan iborat. Boshlang‘ich partiya tashkilotlari ko‘plab mahallalarda, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlaydi.

Olti oy mobaynida 453 mingdan ziyod odam O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosiga aylandi, ulardan 46.8 foizi ayollar, 39.8 foizi yoshlardir.