Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

11.09.2023

631

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov Maldiv Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish doirasida Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuad Tofik bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv chog‘ida B.Kuchkarov taklif va qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi, shuningdek, joriy yilda bo‘lib o‘tgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitusiyasi bo‘yicha referendum va muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

 

O‘z navbatida Fuad Tofik saylovdagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonlik mehmonni Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan Saylov komissiyasining faoliyati bilan tanishtirdi. B.Kuchkarov Maldiv Respublikasi saylov komissiyasining saylovchilarning ishtiroki to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish hamda saylov komissiyasiga taqdim etish, saylov uchastkasi xodimlariga zarur maslhatlar berish funksiyalarini amalga oshiruvchi muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

 

Tashrif davomida MSK raisi o‘rinbosari bir qator saylov uchastkalarida ham bo‘lib, uchastka xodimlari va saylovchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

 

Markaziy saylov komissiyasi