№ 788 2016-yil 1-dekabr
“O‘ZBEKENERGO” AKSIYADORLIK JAMIYATINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI O‘TKAZUVCHI SAYLOV OKRUGLARI HAMDA SAYLOV UCHASTKALARINING ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLANGANLIK HOLATI BO‘YICHA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI YUZASIDAN AXBOROTI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari hamda saylov uchastkalarining elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik holati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi barcha saylov okruglari va saylov uchastkalari joylashgan binolarni uzluksiz elektr bilan ta’minlash va ularda zahira elektr manbaini shakllantirish choralarini ko‘rsin;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi barcha saylov okruglari va saylov uchastkalari joylashgan binolarda yong‘in havfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratsin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi S. Kurbankulov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov