№1470 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R. Maxmudovaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1470                                               2026-yil 9-iyul

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R. Maxmudovaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ro‘yxati asosida saylangan deputat Maxmudova Robaxon Anvarovna boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan bergan arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Maxmudova Robaxon Anvarovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev