O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1467 2026-yil 17-iyun
Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 19 va 25-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Odilov Xayotjon Obbos ug‘li Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi etib tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga hamda Toshkent viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. Nizamxodjayev