№1464 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Akbarovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1464                                                2026-yil 23-aprel

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Akbarovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 8-Andijon viloyati saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Akbarov Azizbek Abdusattarovichning bergan arizasiga muvofiq uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

 

2. Akbarov Azizbek Abdusattarovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro‘yxatidan chiqarilsin.

 

3. Mazkur qaror nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va O‘zbekiston Ekologik partiyasiga yuborilsin.

 

4. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev