№1452 Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1452                                               2025-yil 31-oktabr

 

 

Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibini tasdiqlash to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 19 va 25-moddalariga muvofiq hamda xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zosi Xalilov Dilmurod Ilxomovich Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi etib tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb saytida e’lon qilinsin.

 

3. Mazkur qaror xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga hamda Xorazm viloyati hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                    Z. Nizamxodjayev