№1448 Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi raisining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1448                                                 2025-yil 16-sentabr

 

 

Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi raisining vakolatlarini tugatish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 25-moddalariga muvofiq, shuningdek xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining taqdimnomasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Sharipov Shavkat Safarovichning vakolatlari tugatilsin.

 

2. Mazkur qaror xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga hamda tegishli hududiy saylov komissiyasiga yuborilsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev