O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
№1443 2025-yil 18-iyul
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 15 va 16-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarining odob-axloq qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Odob-axloq komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Rais Z. Nizamxodjayev