Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

SHAHBOZ SHARIF POKISTON BOSH VAZIRI LAVOZIMIGA SAYLANDI

12.04.2022

1450

msk_yangiliklari_in

Pokiston parlamenti sobiq Bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik votumi eʼlon qilgach 11-aprel dushanba kuni parlamentda Bosh vazir saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda deputatlar Pokiston Musulmonlar Ligasi lideri Shahboz Sharifni Bosh vazirlikka saylashdi. 

Shahboz Sharif Pokiston hukumatini 2023-yilgacha boshqaradi. Amaldagi parlamentning vakolat muddati 2023-yil 13-avgustda tugaydi. Qonunchilikka ko‘ra Pokistonda umummilliy saylov 2023-yilning 12-oktyabrigacha o‘tkazilishi kerak. 

Pokistonda Bosh vazir parlament tomonidan saylanadi. Parlament umumiy ovoz berish yo‘li bilan 342 deputatdan iborat tarkibda saylandi. Shundan 266 nafari mamlakat bo‘ylab mojaritar tizimda saylandi. Parlamentda o‘rinlarning 60 tasi ayollar uchun, 10 tasi milliy ozchilik uchun alohida ajratilgan. Alohida ajratilgan o‘rinlar proporsional tarzda saylanadi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur