Markaziy saylov komissiyasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

09.07.2023

2581

msk_yangiliklari_in

Bugun, 9-iyul kunning birinchi yarmida Markaziy saylov komissiyasida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ular qatorida Xalqaro Parlamentariylar Kongressi Bosh kotibi Sitara Ayaz hamda Islom hamkorlik tashkiloti vakili Adamu Bubakar boshchiliklarida missiyalar, Hindiston saylov komissiyasi saylov komissari Pandey Anup Chandra, Tojikiston Respublikasi MSK raisi B.Xudoyorzoda, Ozarbayjon MSK raisi M.Panaxanov, Gruziya MSK raisi G.Kalandarashvili rahbarligida delegatsiyalar tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

Kuzatuvchilar tomonidan saylovchilarning saylovga oid axborotlar bilan yuqori saviyada taʼminlanganligi, bir qator saylov uchastkalarida biometrik-identifikatsiya qurilmalaridan tajriba sinov tariqasida foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, kuzatuvchilar saylov jarayonlariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilganligi, saylov komissiyalari o‘z faoliyatini saylov qonunchiligiga ko‘ra amalga oshirayotganligini alohida eʼtirof etishdi. Saylov ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan o‘tayotganligini, saylovchilarning ishtiroki faol ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Taʼkidlash joiz, xalqaro tashkilotlardan va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchi kuzatuvchilar muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib bormoqda. Xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar O‘zbekistonga tashrifi mobaynida saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlari yuzasidan tegishli xulosalar va tavsiyalari beradi.

 

Bugun kun davomida Markaziy saylov komissiyasida xalqaro tashkilotlardan hamda xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar bilan uchrashuvlar davom etadi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur