Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI DELEGATSIYASI MOLDOVA MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI TASHKIL TOPGANLIGINING 25 YILLIGI TADBIRLARIDA ISHTIROK ETMOQDA

22.11.2022

22324

msk_yangiliklari_in

Аyni kunlarda Moldova Markaziy saylov komissiyasi doimiy asosda faoliyati tashkil etilganligining 25 yilligini nishonlamoqda.

Moldova MSK 1997-yil 21-noyabr kuni Moldova saylov kodeksi qabul qilinganidan buyon faoliyat yuritib keladi. Moldova saylov kodeksi saylovga doir barcha qonunchilikni prezident, parlament va mahalliy saylovlar hamda saylov jarayoniga doir barcha qoidalarni birlashtirgan. Ushbu qonunga koʼra hozirda faoliyat olib borayotgan Komissiya doimiy asosda ish yurituvchi organ sifatida tashkil etilgan.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi oʼrinbosari B.Kuchkarov hamda Komissiya aʼzosi А.Ibodullaevlar Moldova Markaziy saylov komissiyasi tashkil topganligining 25 yilligi tadbirlarida ishtirok etmoqda.

Yubiley munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi bir qator tadbirlarni tashkil qildi.

Ushbu sana munosabati bilan 21-noyabr kuni Kishinyovdagi Respublika Saroyida tantanali marosim boʼlib oʼtdi, mavzu boʼyicha koʼrgazma tashkil etildi.

22-noyabr kuni “Saylov islohoti – ishtirokli demokratiyani birlashtirish uchun asos” nomli xalqaro konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiyada Moldova, Ruminiya, Ozarbayjon, Аrmaniston, Qirgʼiziston, Oʼzbekiston, Gruziya, Hindiston va Meksika saylov organlari, Yevropa Kengashi, YXHT DIIHB, BSOА, IFES kabi xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xalqaro va milliy nodavlat tashkilotlari ekspertlari ishtirok etishdi.

Oʼzbekiston delegatsiyasi saylov sohasida oʼtkazilgan islohotlarda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining roli xususida taqdimot oʼtkazdi.

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur