Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

08.12.2023

1207

msk_yangiliklari_in

Aziz yurtdoshlar!

 

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

 

Joriy yilda mamlakatimiz tarixida  birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi buyuk islohotlarga xalqimiz bildirgan yuksak ishonchning amaldagi yorqin ifodasi bo‘ldi.

 

Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va dadil islohotlar jarayonida mamlakatimizning yangi tahrirdagi  Konstitutsiyasida yanada mustahkamlab qo‘yilgan eng ilg‘or demokratik tamoyillarni hayotga tatbiq etish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda adolatli referendum va saylovlarni tashkil etishga demokratiyaning eng muhim va zarur sharti sifatida qaralayotgani alohida ahamiyatga ega.

 

Mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, milliy saylov tizimida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarda Bosh qomusimizda o‘z ifodasini topgan g‘oyalar, tamoyillar va me’yorlar muhim omil bo‘layotir.

 

Bugungi kunda har bir fuqaro shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlarini, o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni milliy Konstitutsiyamizsiz tasavvur etolmaydi. Zero, Konstitutsiyamiz barcha sohalarda xalqimizning turmushi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarda huquqiy asos vazifasini o‘taydi.

 

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, hayotimiz yanada farovon bo‘laversin!

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur