Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

18.04.2022

1318

msk_yangiliklari_in

Kuni kecha Fransiyada Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov byulletenlarining 95 % foizi sanab bo‘lindi. Dastlabki natijalarga ko‘ra Emmanuel Makron 27,24 foiz ovoz to‘plagan. 

Undan keyingi o‘rinda “Milliy ralli” o‘ng partiyasidan nomzod Marin Le Pen 24,03 foiz ovoz to‘plagani maʼlum bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni “Zabt etilmagan Fransiya” muxolifatchi partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon (21,57 foiz) egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinni “Rekonkista” partiyasining yetakchisi Erik Zemmur band etgan (6,97 foiz). Beshinchi pog‘ona Il-de-Frans tumani rahbari, “Respublikachilar” konservativ partiyasidan nomzod Valeri Pekressga nasib etdi (4,76 foiz).

Ovoz berishda saylovchilarning 65 foizga yaqini ishtirok etgan. Ikkinchi tur saylov 24-aprelda bo‘lib o‘tadi. Ekzit-pollarga ko‘ra Le Pen amaldagi prezident Makronning asosiy raqibligicha qolmoqda.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur