Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

09.05.2022

1385

msk_yangiliklari_in

Avval xabar berganimizdek, MSK Rais o‘rinbosari B.Kuchkarov Filippinning Manila shahrida bo‘lib turibdi.

Bugun 9-may Filippinda Umummilliy saylovlar o‘tkazilmoqda. Unda MSK Raisi o‘rinbosari B.Kuchkarov xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Mazkur Umummilliy saylovlarda saylovchilar: Prezident, vitse-prezident, senatorlar, vakillar uyi aʼzolari, gubernator, vitse-gubernator, Kengash aʼzoligi, shahar hokimi, vitse-shahar hokimi, Mahalliy Kengash maslahatchilari va proporsional tartibda partiyalarga ovoz beradilar.

Xalqaro kuzatuvchilar bir guruhi maktabda joylashgan 32 ta klaster saylov uchastkalari joylashgan (bir klasterda bir nechta uchastka mavjud bo‘lgan) ovoz berish markazida bo‘ldi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar nogironligi bor shaxslar ovoz berishi uchun tashkil etilgan maxsus joy hamda ularning yashaydigan tashkilot hududi bilan ham yaqindan tanishgan.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur