Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

DRAUPADI MURMUR HINDISTONNING 15-PREZIDENTI ETIB SAYLANDI

22.07.2022

1376

msk_yangiliklari_in

Droupadi Murmur 64.03 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozondi. Amaldagi prezident Ram Nat Sinkhning vakolat muddati 25-iyul kuni tugaydi. Shu kunda Droupadi Murmur prezidentlik lavozimiga kirishadi.

Droupadi Murmur nomzodini “Bharatiya Janata Party” partiyasi Milliy Demokratik Alyansdan ilgari surdi. Droupadi Murmur nomzodini mamlakatning bir nechta muxolif partiyalari ham qo‘llab-quvvatlaganligi uning saylovlardagi g‘alabasini taʼminladi.

Droupadi Murmur 1958-yil 20-iyunda Odisha shtatida tug‘ilgan. 3 farzandning onasi. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi o‘qituvchi. Siyosiy maydonga Odisha shtati Qonunchilik Assambleyasi aʼzosi sifatida 2000-yillarda kirib kelgan. 

Foto: Deutsche Welle

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur