Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

2023-YIL DUNYO BO‘YLAB O‘TKAZILADIGAN SAYLOVLAR HAQIDA MAʼLUMOT (Yevropa qitʼasi bo‘yicha)

20.01.2023

1399

msk_yangiliklari_in

21-yanvar Slovakiya referendumi

21-yanvar kuni Slovakiya Konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tadi. Bunda Slovakiya konstitutsiyasining muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish haqidagi qoidasini o‘zgartirish masalasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan.

5-mart Estoniya parlament saylovi

5-mart kuni Estoniya Respublikasida parlament saylovi o‘tkaziladi. Estoniya Davlat Assambleyasi Rigikogudagi 101 o‘rinlik deputatlik o‘rni uchun saylov bo‘lib o‘tadi.

2-aprel Finlandiya parlament saylovi

2-aprel kuni Finlandiya Respublikasida parlament saylovi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, Finlandiya parlamenti tarqatib yuborilsa muddatdan oldin saylov o‘tkazilishi mumkin.

19-mart Chernogoriya prezident saylovi

19-mart kuni Chernogoriyada prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Chernogoriya prezident saylovi tizimiga ko‘ra Chernogoriya prezidenti ikki bosqichli tizimda saylanadi, agar birinchi turda hech bir nomzod ko‘pchilik ovozini olmasa, saylov o‘tkazilgan kundan ikki haftadan so‘ng ikkinchi bosqich o‘tkaziladi.

Aprel oyida Andorra Knyazligi parlament saylov

Joriy yilning aprel oyida Andorra Knyazligi parlament saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saylovda yigirma sakkizta bosh kengash aʼzolari yopiq partiya ro‘yxatlari asosida saylanadi.

14-may Turkiya umummilliy saylov

14-may kuni Turkiya Respublikasida navbatdagi parlament va prezident saylovlari o‘tkazilishi maʼlum qilindi. Mazkur saylovlarda 87 saylov okrugidan saylovchilar 600 nafar deputatni Turkiya Buyuk Millat Majlisiga besh yil muddatga saylaydi. Shuningdek, Turkiya prezidenti saylovi ham bo‘lib o‘tadi. Nomzod saylanish uchun umumiy ovozlarning 50 foizdan ko‘prog‘ini olishi kerak. Agar nomzodlarning hech biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘pchilik ovozini qo‘lga kirita olmasa, birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod o‘rtasida ikkinchi tur o‘tkaziladi, ikkinchi tur natijalarida g‘olib bo‘lgan nomzod saylangan deb eʼlon qilinadi.

Iyul oyida Gretsiya parlament saylovi

Joriy yilning iyul oyida Gretsiya Respublikasida parlament saylovlari o‘tkaziladi. Mazkur saylovda nomzodlar parlamentdagi 300 nafar deputatlik o‘rni uchun kurash olib boradi.

8 oktabr Lyuksemburg umummilliy saylov

8 oktabr kuni Lyuksemburg Buyuk Gersogligida umummilliy saylovlar o‘tkaziladi.Unga ko‘ra, Deputatlar Palatasining 60 nafar aʼzosi to‘rtta ko‘p mandatli saylov okrugi bo‘yicha proporsional proporsional saylov tizimi orqali saylanadi.

22 oktabr Shvetsariya federal saylovi

22 oktabr kuni Shvetsariya Konfederatsiyasi federal saylovi o‘tkaziladi. Shvetsariya Milliy Kengashi va Davlatlar Kengashining barcha aʼzolarini saylaydi. Undan keyin 13-dekabrda Federal Kengashga, Shvetsariya hukumatiga va kollegial prezidentlikka saylovlar bo‘lib o‘tadi.

11-noyabr Polsha parlament saylovi

11-noyabr kuni Polsha Respublikasida navbatdagi parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur saylovda nomzodlar Seymda 460 nafar deputatlik o‘rni uchun Senatda esa 100 nafar senatorlik o‘rni uchun kurash olib boradi. Polsha Seymi va Senati aʼzolarini saylash uchun parlament saylovlari navbatdan tashqari saylov tayinlangan taqdirda undan avval ham o‘tkazilishi mumkin.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur