Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

2023-YIL DUNYO BO‘YLAB O‘TKAZILADIGAN SAYLOVLAR HAQIDA MAʼLUMOT (Osiyo qitʼasi bo‘yicha)

25.01.2023

1056

msk_yangiliklari_in

Hindiston parlament saylovi

2023-yil Hindiston parlamentining yuqori palatasi Rajya Sabha hamda 9 ta hududda mahalliy vakillik organlari deputatlari uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Hindiston parlamenti ikki palatali bo‘lib, yuqori palata saylovi kelgusida bo‘ladigan quyi palata saylovlari natijalari uchun muhim hisoblanadi.

7-may Tayland umummilliy saylovlari

2023-yil 7-may sanasida Taylandda umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tishi belgilandi. Vakillik organi 4 yil muddatga saylanadi. Parlamentdagi jami o‘rinlar 500 ta. Saylovda g‘alaba qozonish uchun u yoki bu partiya kamida 251 o‘rinni egallashi zarur. Tayland ovoz berish aralash saylov tizimi orqali yaʼni 400 o‘rin uchun nomzodlar majoritar tizimda, 100 o‘rin uchun nomzodlar partiya ro‘yxati asosida proporsional tizimda saylanadi.

23-iyul Kombodja umummilliy saylovlari

2023-yil 23-iyul sanasida Kombodjada umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Parlamentning vakolat muddati 5 yil. Kombodja parlamentining 125 o‘rni bor. Saylovda g‘alaba qozonish uchun u yoki bu partiya kamida 63 o‘rinni egallashi zarur. Kombodja saylov komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra mamlakatda jami saylovchilar 9 million 710 ming kishidan ko‘proq.

Myanma umummilliy saylovlari

Myanmada parlament saylovi mamlakat qonunchiligiga ko‘ra 2023-yilning 1-fevralidan 1-avgustigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazilishi kerak. Myanmada saylovlar mojaritar uslubda o‘tkazilayotgan edi, Ittifoq saylov komissiyasiga ko‘ra ushbu saylov proporsional tizimda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Myanma parlamenti ikki palatali. Quyi palata (Pyithu Hluttaw) 440 o‘rinli. Yuqori palata (Amyotha Hluttaw) 224 o‘rinli.

12-oktabr Pokiston umummilliy saylovlari

2023-yil 12-oktabrda Pokistonda umummilliy saylov bo‘lib o‘tadi. Pokiston parlamenti 5 yil muddatga saylanadi. Parlamentda 336 nafar o‘rin bor. 266 o‘rin uchun saylovlar proporsional tizimda o‘tkaziladi. 60 o‘rin ayollar uchun belgilangan bo‘lib, proporsional tizimda saylanadi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur