Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

2023-YIL DUNYO BO‘YLAB O‘TKAZILADIGAN SAYLOVLAR HAQIDA MAʼLUMOT (Amerika qitʼasi bo‘yicha)

06.01.2022

1271

msk_yangiliklari_in

Antigua va Barbuda umummilliy saylovi 18-fevral

18-fevral kuni Antigua va Barbudada umumiy saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuba parlament saylovi mart oyida

Shu yilning mart oyida Kuba Respublikasida Xalq hokimiyati Milliy Assambleyasi aʼzolarini saylash uchun parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Paragvay umummilliy saylovi 30-aprel

30-aprel kuni Paragvay Respublikasida prezident, Deputatlar Palatasi hamda Senat aʼzoligiga saylovlar o‘tkaziladi. Mazkur saylovda Prezidentlikka nomzodlar mojaritar saylov uslubida, Deputatlar Palatasining 80 nafar aʼzosi hamda Senatning 45 nafar aʼzosi yopiq ro‘yxat asosidagi proporsional saylov uslubida saylanadi. 

Gvatemala umummilliy saylovi 25-iyun

25-iyun kuni Gvatemala Respublikasida mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti saylovi, Kongressdagi barcha 160 o‘rin uchun parlament saylovi, Markaziy Amerika parlamentining 20 aʼzosi o‘rni uchun hamda mamlakatdagi 340 munitsipalitetning merlari va kengashlarini saylash uchun umummilliy saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Argentina umummilliy saylovi 29-oktabr

29-oktabr kuni Argentina Respublikasida prezident, Milliy Kongress aʼzolari va aksariyat viloyatlar gubernatorlarini saylash uchun umummilliy saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari gubernatorlar saylovi 7-noyabr

7-noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Kentukki, Luiziana va Missisipi shtatlari gubernatorligiga saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, boshqa gubernatorlik o‘rinlari bo‘shatilgan taqdirda (shtat qonunchiligiga qarab) navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishi mumkin.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur