Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

02.05.2023

451

msk_yangiliklari_in

2023-yilning 30-aprel kuni o‘tgan O‘zbekiston Respublikasining referendumi ulkan muvaffaqiyat bilan yakunlandi va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

 

Barcha vatandoshlarimizni yangilangan milliy Konstitutsiyamizning referendumda xalqimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangani va qabul qilingani bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni milliy qonunchiligimiz hamda umumeʼtirof etilgan demokratik tamoyillarga mos, yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan barcha okrug va uchastka referendum komissiyalari aʼzolariga, vazirliklar, idoralar, hokimliklar,  tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillariga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

 

Bu, eng avvalo, mamlakatimizda sobitqadamlik bilan amalga oshirilayotgan dadil demokratik islohotlarning, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar amalda ro‘yobga chiqayotgani va yuksak samaralar berayotganining yorqin dalilidir.

 

Ayni paytda, yaratilgan ana shunday keng sharoit va ulkan imkoniyatlardan foydalanib, o‘zining bilimi, kuch-g‘ayrati, shijoatini referendumni yuksak saviyada tashkil etishga safarbar etgan o‘n minglab yurtdoshlarimizning zahmati bilan erishilgan ulkan muvaffaqiyatdir. Bu g‘oyat sharafli va masʼuliyatli jarayonning asosiy yuki referendum komissiyalari zimmasiga tushgani tabiiy.

 

Referendumni katta qiziqish bilan kuzatib va o‘rganib borgan xalqaro tashkilotlarning missiyalari, xorijiy davlatlarning yuzlab kuzatuvchilari, chet ellik jurnalistlar referendum ochiq-oshkora va demokratik prinsiplarga binoan o‘tganini keng eʼtirof etmoqdalar.

 

Tarixi ming yillarga borib taqaluvchi milliy davlatchiligimizning eng yuksak qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan Yangilangan Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekistonning nufuzini yanada yuksaltirish, ona Vatanimizning buguni va porloq kelajagini taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.    

   

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz!

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur