Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

  • Aralash saylov tizimi

    Aralash saylov tizimi – majoritar va proporsional saylov tizimlarining uygʻunlashuvidan hosil boʻlgan. Bu uygʻunlik parlamentning bir qismi – majoritar, boshqa bir qismi esa proporsional tizim asosida saylanishida namoyon boʻladi.

  • Demokratiya

    Demokratiya – (yunoncha “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati maʼnosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimning shakli. 

    Demokratiya insonning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon boʻlib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning koʻpchilikka boʻysunishi tamoyili rasmiy eʼlon qilinib, fuqarolarning erkinligi, teng huquqligi eʼtirof etiladi.

  • Ishonchli vakillar

     Ishonchli vakillar – faollar va muayyan koʻngillilardan farqli ravishda huquqlarga ega boʻlgan shaxslar. Ular nomzod nomidan bayonotlar berishga, uning saylov platformasini tushuntirish va bu borada ommaviy bayonotlar berish, saylovchilar bilan uchrashishga haqlidir.

  • Koʻp partiyaviylik

    Koʻp partiyaviylik – mamlakat parlamentida koʻp oʻrinni olish uchun teng imkoniyatga ega bir necha  siyosiy partiyalar mavjud boʻlgan siyosiy tizim

  • Majoritar saylov tizimi

     Majoritar saylov tizimi (fr. Majorite – koʻpchilik) – uning asosini “koʻpchilik tamoyili tashkil etadi. Bunday tizim, odatda, bir mandatli okruglarda amal qiladi va eng koʻp ovoz olgan nomzod gʻolib hisoblanadi.

    Majoritar saylov tizimining ikki shakli mavjud, bular: nisbatan koʻpchilik va mutlaq koʻpchilik ovoz olish tizimlari. Birinchi shaklda nomzod mandat olish uchun raqiblaridan koʻproq ovoz toʻplashi lozim. Ikkinchi shaklda esa nomzod kamida ellik foiz (50%+1) ovozga ega boʻlganidagina gʻalaba qozonadi. Agar nomzodlardan birortasi ham 50 foizdan koʻp ovoz yigʻa olmasa, u holda ikkinchi tur saylovi oʻtkaziladi. Ikkinchi turda faqat eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod qatnashadi, xolos. Oʻzbekiston Respublikasida majoritar saylov tizimi amal qiladi.

  • Nomzod

    Nomzod – siyosiy partiyalar tomonidan qonuniy vakolat doirasida davlat hokimiyatining saylab qoʻyiladigan organlariga koʻrsatilgan shaxs. Siyosiy partiyalar tomonidan belgilangan nomzod saylovoldi tashviqoti davrida strategik qarorlar qabul qiluvchi asosiy shaxs sanaladi. Uning tashkilotchilik qobiliyati va imiji, bu boradagi bilim va tajribasi saylovoldi tashviqoti muvaffaqiyatini belgilab berishda eng muhim koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.

  • Partiya

     Partiya (lot. pars, partis – qism, guruh) – muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh manfaatlarini ifodalovchi, siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi tashkilot.

  • Passiv saylov huquqi

    fuqarolarning vakolatli organ deputatligiga yoki saylab qoʻyiladigan davlat lavozimiga yoxud mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish tizimidagi lavozimga saylanish huquqi.