№ 850 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOLARI P.BOBOJONOV VA M.XAYDAROVNING SENATORLIK VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 850 2017-yil 15-sentabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOLARI P.BOBOJONOV VA M.XAYDAROVNING SENATORLIK VAKOLATLARINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi “P.R.Bobojonovni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5183-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Po‘lat Razzaqovich Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlanganligiga va Mamat Eshkulovich Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida yozma ariza berganligiga asosan, ularning senatorlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Xorazm va Surhondaryo viloyat Kengashlariga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov