№ 803 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI AʼZOSI B.ORTIKOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TOʻGʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 803 2017-yil 17-yanvar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATI A’ZOSI B.ORTIKOVNING VAKOLATINI MUDDATIDAN ILGARI TUGATISH TO‘G‘RISIDA

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Baxtiyar Begimkulovich Ortikovning xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi vakolati muddatidan ilgari tugatilgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga yuborilsin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov