№ 778 O'ZB. RES. PREZIDENTI SAYLOVINI KUZATISh BO'YIChA MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO'STLIGI, ShANXAY HAMKORLIK TAShKILOTI, ISLOM HAMKORLIK TAShKILOTI VA BUTUNJAHON SAYLOV ORGANLARI ASSOTsIATsIYaSIDAN KUZATUVChILARNI AKKREDITATsIYa QILISh TO'G'RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 778 2016-yil 17-noyabr

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI KUZATISH BO‘YICHA MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO‘STLIGI, SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI, ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI VA BUTUNJAHON SAYLOV ORGANLARI ASSOTSIATSIYASIDAN KUZATUVCHILARNI AKKREDITATSIYA QILISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Nizomi 1, 2, 3-bandlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI :

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha MDH, SHHT, IHT va BSOAdan kuzatuvchilari missiyalari ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.

2. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (S. Kurbankulov) akkreditatsiya qilingan xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarga belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishi hamda topshirilishini tashkil etsin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin.

4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov