Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1323 Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qoʻllanilishi, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

№1323                          2023-yil 28-sentabr

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qoʻllanilishi, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida

 

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

  1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahrida xalq deputatlari Kengashlarining boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qoʻllanilishi amaliyoti, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanishi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi va Markaziy saylov komissiyasi, Xorazm, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, hokimliklari hamda saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining 2023-yilda Xalq deputatlari Kengashlarining boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlariga saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qoʻllanilishi amaliyotini, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotnomasida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilishini hamda undan kelib chiqadigan vazifalar bajarilishini taʼminlasinlar.

 

3. Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 18-yanvardagi 1199-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari Kengashlariga oʻtkaziladigan saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish borasidagi ishlarni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanganligi hamda mazkur chora-tadbirlar rejasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hamda masʼul vazirlik va idoralarga uning ijrosini tashkil etish uchun yuborilganligi qayd etib oʻtilsin.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xorazm va Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida 2023-yil oktyabridan eʼtiboran har oyning 5-sanasiga qadar, toʻliq ijrosi yuzasidan 2024-yil 5-yanvariga qadar Markaziy saylov komissiyasiga batafsil maʼlumot taqdim etsinlar.

 

Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi (B. Yunusov) Kotibiyatning Tashkiliy-nazorat boʻlimi (M. Miralimov) bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasining ijrosini doimiy monitoring qilib borsin, taqdim etilgan maʼlumotlarning tahlili asosida ularni umumlashtirsin va Markaziy saylov komissiyasiga axborot berib borsin.

 

4. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                    Z. Nizamxodjayev