Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1318 2023-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1318                          2023-yil 11-iyul

 

 

2023-yil 9-iyul kuni o‘tkazilgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi natijalari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106 va 128-moddalari, Saylov kodeksining 14, 16, 96-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalari asosida Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2023-yil 9-iyulda o‘tkazilgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga muvofiq haqiqiy va bo‘lib o‘tgan deb topilsin.

 

2. Shavkat Miromonovich MIRZIYOYEV 2023-yil 9-iyul kuni muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan yetti yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda eʼlon qilinsin.

 

 

Rais                                                                         Z. Nizamxodjayev