Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№1228 O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№1228                          2023-yil 7-aprel

 

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan ayrim okrug komissiyalari raislarining axborotlari to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 20-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasini tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 16-martdagi 1209-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida referendum o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasi (N.Tog‘ayeva), referendum o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug komissiyasi (A.Xujakulov), referendum o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug komissiyasi (U.Tuxtayev) raislarining axborotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalari raislari:

 

O‘zbekiston Respublikasi referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Kalendar rejasida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilinishini;

 

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining tarkibi va joylashgan manzili to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishini;

 

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi orqali Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga ulanishini;

 

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga aniqlik kiritish ishlarini mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib borilishini;

 

referendum okrugi hududi bo‘yicha imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan ovoz beruvchilar, keksalar, bemorlar va ovoz berish binosiga bora olmaydigan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar aniqlashtirilishini;

 

ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar haqida maʼlumotlarni aniqlash va Brayl alifbosida tayyorlanadigan ovoz berish byulletenlari yetkazilishi zarur bo‘lgan referendum uchastkalari ro‘yxati tayyorlanishini;

 

ovoz beruvchi fuqarolarning va referendum boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini referendum to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqib, asoslantirilgan javob berilishini;

 

referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirilib borilishini;

 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalardan kuzatuvchilarga arizalar kelib tushishiga qarab, belgilangan namunadagi mandatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay topshirilishini taʼminlasin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev