Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1218 O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1218                                 2023-yil 27-mart

 

 

O‘zbekiston Respublikasining referendumida xalqaro tashkilotdan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 8, 9 va 18-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1177-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. 2023-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasining referendumida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosidan qatnashadigan kuzatuvchilar ilovaga muvofiq akkreditatsiya qilinsin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati Xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i (A.Nurmuxamedov) akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilot kuzatuvchilari uchun belgilangan namunadagi mandatlar tayyorlanishini hamda ularga topshirilishini tashkil etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Rais                                                                           Z. Nizamxodjayev

 

 

ILOVA