O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining qarori
 № 1140                                                      2021-yil 30-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 21 va 25-moddalari hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan bergan tavsiyasi ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 14 avgustdagi 1099-son qarori bilan tasdiqlangan 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tarkibi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
| 
 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi (Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti binosi, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoiliy ko‘chasi, 1g-uy, telefonlar: 0-371 299-00-01, 0-371 299-00-02)  | 
||
| 
 Raisi  | 
||
| 
 1.  | 
 Abduraxmanov Odil Kalandarovich  | 
 Toshkent davlat transport universiteti rektori  | 
| 
 Rais o‘rinbosari  | 
||
| 
 2.  | 
 Bekov Ixtiyor Rustamovich  | 
 Toshkent davlat yuridik universiteti konstitusiyaviy huquq kafedrasi professori vazifasini bajaruvchisi  | 
| 
 Kotibi  | 
||
| 
 3.  | 
 Xudayberganov Ravshonbek Xudaybergan o‘g‘li  | 
 Toshkent davlat transport universiteti prorektori  | 
| 
 A’zolari  | 
||
| 
 4.  | 
 Abrayev Akbar Ziyodullayevich  | 
 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i  | 
| 
 5.  | 
 Dalabayev Abdurashid Abduvaliyevich  | 
 “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi boshqaruvi raisi o‘rinbosari  | 
| 
 6.  | 
 Kamalov Badritdin Sadritdinovich  | 
 Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylarining “Nuroniylar” sanatoriysi direktori  | 
| 
 7.  | 
 Azizov Kamalitdin Tulyaganovich  | 
 Toshkent shahar Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi  | 
| 
 8.  | 
 Abbasxanov Maksud Numanovich  | 
 “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ direktori  | 
| 
 9.  | 
 Madraximova Feruza Ruzimbayevna  | 
 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universiteti prorektori  | 
| 
 10.  | 
 Kucharova Dildora Lutpullayevna  | 
 Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmasi boshlig‘i  | 
| 
 11.  | 
 Nazirov Abdulaziz Abdurasul o‘g‘li  | 
 Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i  | 
| 
 12.  | 
 Jurayeva Gulnoza Axmatovna  | 
 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, o‘zbek adabiyotini o‘kitish metodikasi kafedrasi dosenti  | 
| 
 13.  | 
 Nasirova Rano Raximovna  | 
 Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori  | 
| 
 14.  | 
 Ismailova Ra’no Muzaffarovna  | 
 Toshkent shahar Olmazor yengil sanoat kasb-hunar kolleji direktori  | 
| 
 15.  | 
 Sharipov Kongratbay Avezimbetovich  | 
 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori  | 
| 
 16.  | 
 Djalilov Ulmas Vasiljonovich  | 
 Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi direktori  | 
| 
 17.  | 
 Saidov A’lonur Baxtinurovich  | 
 Respublika qon quyish markazi direktori  | 
| 
 18.  | 
 Vasikova Feruza Xamitovna  | 
 Nogironlar jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi  | 
| 
 19.  | 
 Bektemirova Tamara Zelimxanovna  | 
 Toshkent shahar Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasi boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari  | 
| 
 20.  | 
 Gafurov Anvar Akmalovich  | 
 “Ma’rifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan direksiya direktori  | 
| 
 21.  | 
 Mamadjanov Avaz Karimjanovich  | 
 Toshkent shahar Sergeli tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i  | 
”
3. Mazkur qaror 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasiga ijro uchun yuborilsin.
4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Rais Z. Nizamxodjayev