• eye Maxsus imkoniyatlar
Filippinda Umummilliy saylovlar boʻlib oʻtmoqda
09.05.2022
74
Avval xabar berganimizdek, MSK Rais oʻrinbosari B.Kuchkarov Filippinning Manila shahrida boʻlib turibdi.

Bugun 9-may Filippinda Umummilliy saylovlar oʻtkazilmoqda. Unda MSK Raisi oʻrinbosari B.Kuchkarov xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Mazkur Umummilliy saylovlarda saylovchilar: Prezident, vitse-prezident, senatorlar, vakillar uyi aʼzolari, gubernator, vitse-gubernator, Kengash aʼzoligi, shahar hokimi, vitse-shahar hokimi, Mahalliy Kengash maslahatchilari va proporsional tartibda partiyalarga ovoz beradilar.

Xalqaro kuzatuvchilar bir guruhi maktabda joylashgan 32 ta klaster saylov uchastkalari joylashgan (bir klasterda bir nechta uchastka mavjud boʻlgan) ovoz berish markazida boʻldi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar nogironligi bor shaxslar ovoz berishi uchun tashkil etilgan maxsus joy hamda ularning yashaydigan tashkilot hududi bilan ham yaqindan tanishgan.