• eye Maxsus imkoniyatlar
Serbiyada Aleksandr Vuchich har ikkala saylovda ham gʻalaba qozondi
05.04.2022
100
Mustaqil ekspertlarning fikricha Serbiya progressiv partiyasi nomzodi Aleksandr Vuchichga saylovchilarning 50 foizdan ortigʻi ovoz bergan. Aleksandr Vuchich va Serbiya progressiv partiyasi mamlakatni 10 yildan buyon boshqarib kelmoqda.


 
Xalqaro CESID tashkiloti Aleksandr Vuchichning 59.8 foiz ovoz olganligini aytmoqda. NNTlarning tadqiqotlariga koʻra Vuchichning asosiy raqibi general Zdravko Ponos 17 foiz ovoz olgan.

Serbiyadagi navbatdan tashqari belgilangan parlament saylovi ham 3-aprel sanasida boʻlib oʻtdi. Umummilliy saylovdan soʻng vakillar shahar merini saylashadi. Parlament saylovida Aleksandr Vuchich partiyasi 43.5 foiz ovoz toʻpladi. Muxolif partiyalar ittifoqi 12.9 foiz ovoz olgani aytilmoqda. Yashillar partiyasi “Moramo” 4.4 foiz olgan.

Respublika saylov komissiyasi ovoz berishda saylovchilarning 58-60 foizi ishtirok etganligini taʼkidlamoqda.