• eye Maxsus imkoniyatlar
yangiliklar bo'yicha izlash
MA'LUMOT
Fotogalereya
Vengriyada birinchi bor ayol nomzod prezident etib saylandi
11.03.2022
1028
2022-yil 10-mart kuni Vengriya Milliy majlis (parlament) deputatlari mamlakat prezidentini sayladi. Unda Vengriyaning oila, yoshlar va xalqaro munosabatlar vaziri Katalin Novak prezident etib saylandi. 

Katalin Novak Vengriya tarixidagi ilk ayol prezident bo’ldi. Parlamentda 199 nafar deputatdan 137 nafari Katalin Novakni yoqlab ovoz berishdi. Saylovda K.Novakning asosiy raqibi 80 yoshli iqtisodchi Peter Rona bo’ldi. 

Vengriyada prezident parlament tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. K.Novakka qadar mamlakatni 2012-yil saylangan Yanosh Ader boshqarib kelgan.