• eye Maxsus imkoniyatlar
Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi - O‘zbekiston” do‘stlik guruhi ishtirokida uchrashuv
16.09.2021
393
Joriy yilning 16-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorovning Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi - O‘zbekiston” do‘stlik guruhi Bosh kotibi I.Tekdemir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar xususan, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar, saylov kampaniyasini moliyalashtirish, saylov jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish, Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari faoliyati, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalari kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, “Yevropa Ittifoqi — O‘zbekiston” do‘stlik guruhi siyosiy, ishbilarmon doiralar, shuningdek, fuqarolik jamiyati vakillari o‘rtasida yuqori darajadagi muloqotni ta’minlash orqali O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni yanada yaqinlashtirishda mustaqil platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Do‘stlik guruhi faoliyati madaniyat, ta’lim, ilm-fan sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish, keng doiradagi konstruktiv uchrashuvlar va parlament diplomatiyasi orqali O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni kuchaytirishga qaratilgan.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati