Yangiliklar

2023-yil 27-mart kuni soat 15:00 da Markaziy saylov komissiyasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Joriy yilning 24-25 mart kunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Referendum o‘tkazuvchi komissiya aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining aʼzolari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

The CEC coordinates the preparation process in strict compliance with the requirements of the Law "On Referendum of the Republic of Uzbekistan.”

2023-yil 23-mart kuni soat 15:00 da Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bugun 19-mart kuni Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi Majlis hamda mahalliy kengash maslihat deputatligiga navbatdan tashqari o‘tkaziladigan saylov jarayonlari borishini kuzatish maqsadida Ostona shahrida bo‘lib turishibdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi hamda Oliy Majlisi Senatining 14-martdagi qarorlariga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkazilishi belgilandi.

2023-yil 16-mart kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.